Eng samarali davo taktikalari va zamonaviy reproduktiv texnologiyalarni malakali mutaxassislarning bilim va tajribalari asosida qo'llab farzand baxtiga erishishingiz yo'lida barcha imkonlarni siz uchun safarbar qilamiz. Batafsil ma'lumot olish va qabulga yozilish uchun darhol biz bilan bog'laning!
Qabulga yozilishYangiliklar
Ovulatsiya kalkulyatori
Homiladorlik kalkulyatori
Homiladorlik kalendari
1-40 haftalar
(Ginekolog, Reproduktolog, Nutritsolog)
TurkMed EKU markazi 2023 yil sentabr oyida Turkiyalik mutaxasslar embriolog Mesut Ceter va embriolog Osman Cingoz tomonidan ochilgan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan EKU klinikasidir. Klinikada bepushtlikni davolash uchun EKU, IKSI, TESA, TESE, PGD, PRP, Kriokonservatsiya, Inseminatsiya va boshqa barcha davolash usullari qo'llaniladi. Shu paytgacha minglab bemorlarga farzandsizlik muammosini yengishda xizmat ko'rsatib kelmoqda.
Eng so‘nggi tashxis va davolash usullari – Ingliz tilini ravon bilgani uchun tibbiy yangiliklarni to‘g‘ridan to‘g‘ri asl manbadan o‘rganadi. Zamonaviy tibbiyotda 90% (!) bilimlar ingliz tilida faqat 5-7% rus tilida.
Xorijlik tajribali reproduktologlar bilan yelkama-yelka ishlab, 6 yil davomida to‘plangan bilim va mahorat endi sizning xizmatingizda
Minglab baxtli onalar – siz ham ulardan biri bo‘lishingiz mumkin!
Qimmatli vaqtingiz va mablag‘ingizni tejang – noto‘g‘ri tashxis va samarasiz davolash orqali emas, aniq va to‘g‘ri yondashuv bilan natijaga erishing!
Har bir patsiyentga individual yondashuv – samarali strategiya, aniq va shaffof davolash taktikasi
Ekstrakorporal urug'lantirish yoki sun'iy muhitda urug'lantirish (ingl. in vitro fertilisation) – bu yordamchi reproduktiv texnologiya usuli bo'lib, u ayol organizmidan tuxum hujayrani (oosit) chiqarib olib, sun'iy muhitda, ya'ni naychada erkakdan olingan sperma bilan urug'lantirib keyinchalik hosil bo'lgan embrionni bachadon bo'shlig'iga ko'chirishdan iborat.
01IKSI – ( ICSI - spermatazoidni tuxum hujayraning sitoplazmasi ichiga kiritish) — EKU bilan birgalikda olib boriladigan yordamchi usul. IKSI maxsus manipulyatorga ulangan mikroigna va mikroso‘rg‘ichdan iborat mikroasboblar yordamida mikroskop nazorati ostida amalga oshiriladi. Ushbu usul urug‘lantirishning ehtimolligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
02Ovulyatsiya induksiyasi – bu tabiiy yo‘l bilan homilador bo‘lish uchun bitta hayz siklida bir yoki bir nechta yetilgan tuxum hujayra olish uchun tuxumdonlarni gormonal stimulyatsiya qilishdir. Ushbu muolaja follikula o‘sishini va endometriy (bachadon ichki shillq qavati)ning rivojlanishini ultratovush tekshiruvi orqali nazorat qilib borish bilan amalga oshiriladi. Unda gormonal preparatlar qo‘llaniladi.
03Bachadon ichiga inseminatsiya (BII) – bu spermani maxsus katetr yordamida bachadon bo‘shlig‘iga tushirishdir. Muolajadan avval sperma maxsus kimyoviy suyuqlikda faollashtirib olinadi. Inseminatsiya muolajasi bir hayz siklida ovulyatsiya kunlari 2-3 marta o‘tkazilishi mumkin. Endokrin va immunologik omillarga bog‘liq bepushtlikda va erkaklardagi ayrim bepushtlik ko‘rinishlarida BII tavsiya qilinadi.
04Kriokonservasiya – (grek. krios — sovuq va lot. konservo — saqlayman) tirik biologik materialni keyinchalik yana eritib ishlatish maqsadida past haroratda muzlatib qo‘yishdir. Yordamchi reproduktiv texnologiyalarda spermani, tuxum hujayrani, urug‘langan tuxum hujayra – embrionnni muzlatib qo‘yish uchun ishlatiladi.
05PGD – (ing. PGD - preimplantation genetic diagnosis) - mikroskop nazorati ostida embriologning mikromanipulyator bilan har bir embriondan (embrion 3 sutkada me’yorda 6-8 hujayradan iborat bo‘ladi) bitta hujayrani ajratib olib, o‘sha hujayrada tashxis ishini olib borishidir.
06(yorg'oqdan spermatozoidlarni ekstraktsiya qilish usuli) Bu jarohatli (invaziv) usul sanaladi. U noobstruktiv azrspermiya va uning og'ir ko'rinishlari kuzatilgan pasientlarda qo'llaniladi. To'qima mikroskop ostida tekshiriladi. TESE usulida yorg'oq jarrohlik yo'li bilan ochiladi. Yorg'oqning har bir qismi spermatozoid mavjud bo'lish ehtimoli ko'proq bo'lgan sog'lom to'qima topish maqsadida batafsil tekshiriladi.
07
1000+ oilalar bizni tanladi va farzand quvonchini tuyishdi!
Tamara:
*Assalom alaykum Nilufar opa, yaxshimisiz, man Tamaraman, 7-noyabrda farzandli bo‘ldim, o‘g‘il! Sizni sharofatingiz bilan 2 ta qizdan keyin. Sizda kistamni davolatgandim va xo‘jayinim ikkalamizni davolagandingiz. Sizdan minnatdormiz, Allohim sizdan rozi bo‘lsin!
Munisa:
*Salom, Nilufar opa, sizga va hamkasblaringizga katta rahmat. Men Qashqadaryodan Munisaman. Sizlarni yordamingiz bilan 12 oktyabr kuni o‘g‘il farzandli bo‘ldim. Bu kunlarni 4-yil kutdim. Sizga rahmat opajon.
Xonzoda:
*Hurmatli, aziz, shirinso‘z, mehribon shifokorim, sizga ming rahmat. Sharofatingiz bilan salkam 5-yil deganda yana bo‘yimda bo‘ldi. Qizimda ham o‘ziz tekshirib farzanddek aziz ne’matga erishtirishga sababchi bo‘lgandingiz. Salkam 20 ta ginekolog qila olamagan ishni uddasidan chiqdingiz. Dunyo turguncha turing.
Shahnoza
*Assalom alaykum, Nilufar opa yaxshimisiz, yaxshi ishlayapsizmi? Man, Shahnozaman, may oyida EK-U qildirgan edik. 13 yanvar kuni alhamdulilloh egizaklar o‘g‘il va qizimiz dunyoga keldi. Allohim shukr, sizlarning jamoani sababchi qilgan ekan. Ishlaringizga rivoj va omad, befarzand oilalar kamayvursin!
Aziza:
*Assalom alaykum, Nilufar opa, yaxshi ishlayapsizmi. Sizga katta rahmat aytib bormoqchi edim. siz qilgan muolajalardan keyin siz sababchi bo‘lib Allohning fazli bilan hozir 15 haftalik homiladorlik davridaman. Alhamdulilloh, holatim yaxshi. Ishlaringizga rivoj va omad tilayman. Siz haqiqiy professional shifokorsiz.
Hilola
*Nilufar opajon, assalomu alaykum. Men test qiluvdim, homilador ekanman. Rahmat sizga kattakon. Men sizni kasbingizni haqiqiy ustasi ekaningizga tan berdim. Alloh umringizni uzoq, ilmingizni ziyoda qilsin. Farzandlaringizning rohatini ko‘rib yuring. Omin!
Dilnura:
*Assalom alaykum Nilufar opa, yaxshimisiz, suyunchi bering, men ham ona bo‘ldim.alhamdulilloh, sizning mehnatlaringiz samarasi, sizdan umrbod qarzdorman, meni qanday katta baxtga erishtirishga o‘z mehnatingizni ayamadingiz. Farzandimni sog‘-omon qo‘limga oldim, Allohga shukr.
Afg‘onistonlik patsiyent Soniya:
*Assalom alaykum doktor Nilufar! Ilgari sizning klinikada EKU muolajasi o’tkazgan edim. Man kecha o‘g‘il farzandlik bo‘ldim, sizga katta rahmat. Sizdan juda-juda xursandman, katta rahmat yana bir bor! Keyingi farzand uchun ham yana sizga EKU qildirmoqchiman.
Turkiyalik patsiyent Zeynab
*Salom, Nilufar xonim. Sizga katta tashakkur. Ikki marta homilam rivojlanmay qolgan edi. Sizning muolajalaringiz bilan keyingi homilani saqlab qolib, Allohga shukr qizlik bo‘ldim. Toshkentda sizni turk va ingliz tillarini yaxshi biladigan shifokor, juda yaxshi mutaxassis deb tavsiya qilishgan edi. Sizga kelib adashmabman. Ishlaringizga rivoj tilayman.
Mohira
*Hayotimda koʻrgan eng yaxshi, eng muomilali genekolog vrachsiz! Homiladorlikga tayyorlagansiz UTT tekshiruvida egizakligini birinchi siz aytgansiz, meni eng xursand kunimga sherik boʻlgansiz. Alloh rozi boʻlsin sizdan Alloh doim yaxshiliklar bilan siylasin sizni! Alloh ilmingizni ziyoda qilsin Inshaallah. Hozir egizaklarim 2 yarim yoshda oʻgʻil qiz, Alhamdulillah.
Rossiyalik patsient Shaxnoza
*Yoshim 33, turmushimizga 11 yil bo'ldi. Rossiyada EKU qildirdik, o'xshamadi, Nilufar opani internetdan topib qoldik va murojaat qildik. Oddiy vitamin va mirallar balansini tuzatish orqali tabiiy homilador bo'ldim! Buni 11 yil kutgandim. Alloh shu vrachni sababchi qilib xushxabar berdi. Katta rahmat doktorga! Robbimga shukrlar bo'lsin!