Image

Nilufar Kabilova

(Ginekolog, Reproduktolog, Nutritsolog)

EKU mutaxassisi, reproduktolog, ginekolog, preventiv va integrativ shifokor. 17+ yillik tajriba va reproduktologiya sohasida 12000+ bemorlar bilan ishlagan. Minglab oilalarga farzandli bo‘lishda amaliy yordam bergan. Hozirda TurkMed EKU markazida yetakchi reproduktolog bo‘lib ishlaydi. 2018-2019 yillarda AQSHning "New Hope Fertility" EKU markazi mutaxassisi Dr. Leticia Burgos bilan yonma-yon ishlab 2000 dan ziyod patsientni ko'rikdan o'tkazgan va reproduktologiya sohasida katta nazariy va amaliy tajriba orttirgan. 2019 yildan beri Turkiyalik reproduktolog va embriologlar bilan birga ishlab kelmoqda. Reproduktologiya yo‘nalishida shifokorlar uchun ko‘plab seminar va kurslar olib boradi.

Image

Tahsil

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, Davolash fakulteti, davlat granti asosida, 1999-2006 yy.

Toshkent Vrachlar Malakasini Oshirish instituti, “Kichik yoshdagi va o‘smir qizlar ginekologiyasi” yo‘nalishi, klinik ordinatura, 2006-2008 yy.

MALAKA OSHIRISH

Toshkent Vrachlar Malakasini Oshirish instituti, “Ambulator sharoitda akusherlik va ginekologiya” mutaxassisligi kursi, 2012-2013

Toshkent Vrachlar Malakasini Oshirish instituti, “O‘smir qizlarning ginekologik kasalliklarini tashxislash va davolash standartlari” kursi, 2012-2013

Toshkent Vrachlar Malakasini Oshirish instituti, “Kolposkopiya” kursi, 2014

Toshkent Vrachlar Malakasini Oshirish instituti, “Erkak va ayol bepushtlik muammolarida yordamchi reproduktiv texnologiyalarni tadbiq qilish imkoniyatlari” mavzuiy malaka oshirish kursi, 2019

Toshkent Vrachlar Malakasini Oshirish instituti, “1.02.02.- Reproduktologiya” mutaxassisligining 864 kreditdan iborat, 6 oylik qayta tayyorlash kursi, 2020-yil sentyabrdan - 2021-yil fevralgacha.

PreventAge - Xalqaro integral preventiv va qarishni kechiktirish tibbiyot instituti, Rossiya (Международный институт интегральной превентивной и антивозрастной медицины, Rossiya) bitiruvchisi, 2020-2022 yy.

Uzluksiz tibbiy ta’lim bo‘yicha Yevropa akkrediatsiya kengashining (European Accreditation Council for Continuing Medical Education - EACCME) 19 ta kredit tahsili, ESHRE, 38-yillik anjumani , Milan, Italiya, iyul, 2022 y.

Uzluksiz tibbiy ta’lim bo‘yicha Yevropa akkrediatsiya kengashining (European Accreditation Council for Continuing Medical Education - EACCME) 18.5 ta kredit tahsili, ESHRE, 40-yillik anjumani , Amsterdam, Niderlandiya, 7-10 iyul, 2024 y.

Uzluksiz tibbiy ta’lim bo‘yicha Yevropa akkrediatsiya kengashining (European Accreditation Council for Continuing Medical Education - EACCME) 11.5 ta kredit tahsili, 8th annual Conference «Recurrent Pregnancy Losses and Human Reproduction (8-yillik konferensiya «Takroriy homila tushishlari va inson reproduksiyasi) 27-28 sentyabr, 2024

ISH TAJRIBASI

Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli markaziy kasalxonasi, Ginekolog, 2009-2017 yy.

Medicine Connected” xususiy klinikasi, Konsultant-ginekolog, 2017- 2019

“Sayfulloh-Ota Shifo” (S.O.SH.-medical) xususiy klinikasi, Konsultant-ginekolog, 2019 fevral-may "Ankalayf" ayollar salomatligi va EKU markazi, Reproduktolog-ginekolog, 2019-may - 2023-noyabrgacha, TurkMed EKU markazi, Reproduktolog, ginekolog, 2023-noyabrdan ...

Reproduktologiya yo‘nalishida 2017-yildan ish boshlab, 2018-2019-yillarda “Medicine Connected” xususiy klinikasida AQSHning “New Hope Fertility” EKU markazi mutaxassisi Letisiya Burgos (Dr. Leticia Burgos) bilan yonma-yon ishlab 2000 dan ziyod patsiyentni ko‘rikdan o‘tkazgan va reproduktolgiya sohasida nazariy va amaliy katta tajriba orttirgan.

2019-yil may oyidan 2023-yil noyabrgacha “ANKALAYF” EKU va ayollar salomatligi markazida ginekolog va reprduktolog bo‘lib ishladi. EKU mutaxassisi, turk professori doktor Jixangir Chakiji bilan to‘rt yildan ortiq birga ishlab 10 000 dan ziyod patsiyentlarni ko‘rikdan o‘tkazdi. 1000 dan ziyod patsiyentlarning EKU muoalajasida bevosita ishtirok etgan. Bugungi kunda EKU muolajalarini mustaqil amalga oshira oladigan malakaga ega bo‘ldi.

PreventAge - Xalqaro integral preventiv va qarishni kechiktirish tibbiyot assosatsiyasi a’zosi.

ESHRE - (European Society of Human Reproduction and Embryology) Yevropa Odam Reproduksiyasi va Embriologiyasi Jamiyati a’zosi va 10 dan ziyod ESHRE sertifikatlariga ega

ASRM - (American Sosiety Reproductive Medicine)- Amerika reproduktiv tibbiyot jamiyatining a'zosi va 10 dan ziyod ASRM sertifikatlariga ega.

KASBIY MAHORATI

Ayol-qizlarda kichik tos sohasi a’zolari kasalliklarini, jinsiy yo‘l orqali yuqadigan kasalliklarni, birlamchi va ikkilamchi bepushtlikni, bachadon bo‘yni kasalliklarini, endokrin patalogiyali kasalliklarni tashxislash va davolash, bachadon ichi vositalarini qo‘yish va olib tashlash, to‘g‘ri kontratsepsiya tayinlash, kolposkopiya, bachadon ichi inseminatsiyasi, ovulyatsiya induksiyasi, gidrokontrast sonografiya muolajalarini o‘tkazish, EKU (ekstrakorporal urug‘lantirish) muolajalarini o‘tkazish, PRP, Ekzosoma muolajalarini o'tkazish

QO‘SHIMCHA MALAKALAR

Til: Rus, Ingliz va Turk tillari, takomillashgan daraja

Haydovchilik guvohnomasi: B toifa

Ijtimoiy tarmoqlar orqali ayollar salomatligi, bepushtlik va homiladorlik mavzularida so‘ralgan 20 000 dan ziyod savollarga javob bergan.

Telegram, You Tube, Instagram da Sizning Ginekolog kanallarini yuritadi.

Ayricha 200 dan ziyod mavzularni qamragan telegram boti ham mavjud: @ginekologbot

QIZIQISH SOHASI

Ginekologiya, Reproduktologiya, EKU, PGD, Embriologiya, Oila psixologiyasi, Tibbiy etika, Isbotlashga asoslangan tibbiyot, Nutritsologiya, Mizoj tahlili.

SHAXSIY XISLATLAR

Intiluvchan: Doimo o‘zini rivojlantirishga va yangi yutuqlarni qo‘lga kiritishga intiladi.

Ishchan: Ishga bo‘lgan mas’uliyati va fidoyiligi bilan ajralib turadi.

Jonboz: Har doim o‘z ishini eng yuqori darajada bajarishga harakat qiladi.

Samimiy: Har bir bemorga samimiy va mehr bilan munosabatda bo‘ladi.

Muloqotga kirishuvchan: Har qanday inson bilan oson va erkin muloqot qilish qobiliyatiga ega.

Yangi bilimlarni o‘rganishga ishtiyoqli: Yangi bilimlar va texnologiyalarni o‘rganishga doimo ishtiyoq bilan yondashadi.

Mas’uliyatli: Berilgan vazifalarni vaqtida va yuqori sifatda bajaradi.

Jamoa bo‘lib ishlashga ochiq: Jamoaviy ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshira oladi.

Bemorlar ruhiy dastak bera oladi: Bemorlar ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, ularga ruhiy dastak bera oladi.

SHIFOKOR HAQIDA TAVSIYA BERISHI MUMKIN BO‘LGAN MUTAXASSISLAR

Dr. Leticia Burgos, Consultant Gynaecologist, New Hope Fertility Center, Guadalajara, Av. de las Américas #1545, Providencia, 44630 Guadalajara, Jal., Mexico, tel no: +52 3319450862, e-mail: dra.lety.burgos@gmail.com

Prof.Dr. Cem Demirel, Gynecologist, Subspecialist in Reproductive Medicine and Surgery, Director of IVF Andrologia and Genetics Center, Memorial Atasehir Hospital, 34758, Vedat Gunyol St. No: 28-30, Ataşehir, Istanbul, Turkey, tel no: +90 5333229039, e-mail: cem.demirel@memorial.com.tr

Dr. Oybek Rustamov, MBBS,DFFP,MRCOG,MD, Consultant Gynaecologist, Subspecialist in Reproductive Medicine and Surgery, Primary IVF, 401 Milton Rd, Auchenflower QLD 4066, RiverCity Hospital, Brisbane, Australia tel no: +61 432651085, e-mail: oybek_rustamov@yahoo.co.uk

Diplomlar va sertifikatlar

ImageImageImageImageImageImageImageImageImageImageImageImageImageImageImageImageImageImageImageImageImageImageImageImage
Saytdagi barcha materiallar mualliflik huquqi bilan himoyalangan. Undan to'liq yoki qisman foydalanganda albatta manbasi ko'rsatilishi shart.
Copyright Fargenius Software Group © 2023-2024. All Rights Reserved.